Xizmatlar

"UZAVTOYO'LBELGI" korxonasining xizmat va faoliyat turlari

“O‘ZAVTOYO‘LBELGI” DAVLAT MUASSASASI ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH BO‘YICHA E’LON

“O‘zavtoyo‘lbelgi” davlat muassasasi tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida gorizontal va vertikal yo‘l chiziqlarini chizish, demarkatsiya qilish hamda ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlash tanlovi e’lon qilinadi.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun manfaatdor tashkilotlar o‘zlarining tijorat va texnik takliflari bilan qatnashishlari mumkin.

Tijorat takliflarini qabul qilish muddati: 2026-yil 13-avgust soat 16:00 gacha.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar: “O‘ZAVTOYO‘LBELGI” davlat muassasasi
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Noraztepa 64-uy
Elektron pochta: uzavtoyolbelgiduk@mail.ru
Telefon: (371) 268-92-49, (371) 268-92-61, (97) 792 44 44

Korxona haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi "Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3127-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi huzurida "Uzavtoyo‘lbelgi" davlat unitar korxonasi (DUK) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l belgilarini chizish uchun materiallarni ishlab chiqarish bo‘lib, ularning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, mazkur qarorda yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish huquqiga faqat "O‘zavtoyo‘lbelgi" DUK ega ekanligi belgilandi.
39543
Yo'l belgilari
348
83
Xodimlar
15670
Loyihalar