Korxonaning ish yuritish huquqiy omillari

Korxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan barcha qonun va normativ xujjatlar, shu jumladan “Mehnat kodeksi” va korxonaning Ustavida keltirilgan talablarga rioya qilgan xolda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3127-sonli qarori asosida yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish faqat «Uzavtoyo‘lbelgi» DUK tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi va monopol ishlab chiqaruvchilar reestrida 142 –chi qilib ro‘yxatga kiritilganligi bois sotish ishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Xom-ashyo va zaruriy materiallarni harid qilish ishlari “Davlat xaridlari” haqidagi qonun asosida birja savdolari orqali amalga oshiriladi.